Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri U. Bobojonov tomonidan siyosiy partiyalar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida hududda amalga oshirilayotgan ishlar, saylovchilar bilan ishlash samaradorligini oshirish, deputatlar va siyosiy partiyalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olinib, hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.