Hududdagi muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashining 18-okrug deputati D.Yusupov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri O.Toirov tomonidan “Boyjigit” mahallasida ichki ko‘chalar holati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalla hududidagi yo‘llarning bugungi holati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur tavsiyalar berildi.
Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar aholining turmush sharoitini yaxshilash, hudud infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.