Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Mahalla yettiligi” faoliyati

“Yurtim jamoli” MFYda mahalla xotin-qizlar faolining ishlari o‘rganildi.

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 15-Baynalminal saylov okrugidan saylangan deputati, tumani Kengashi raisi S.M.Nurmahmatov tumandagi “Yurtim jamoli” mahallasida bo‘lib, tuman Kengashi kotibiyati mudiri D.Sherboyev va kotibiyat bosh mutaxassisi B.Xoliqovlar hamrohligida mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida deputat mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha o‘rgandi.

Jumladan, xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan ishlar, yuritilayotgan “ayollar daftari” doirasidagi choralar, muammoli oilalar bilan individual ishlash holati tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2