Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat tomonidan fuqaro murojaati o‘rganilib, huquqiy tushuntirishlar berildi

✔️ Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Ibodullayev tomonidan Chorvador mahallasida yashovchi fuqaro Sh.Esanov va uning turmush o‘rtog‘ining uy-joyni kadastr qilish masalasi bo‘yicha murojaati atroflicha o‘rganildi.

✔️ Mazkur masala Kadastr agentligi Samarqand viloyati boshqarmasining Nurobod tumani bo‘limi boshlig‘i J.Iskandarov ishtirokida amaldagi qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqildi. 

✔️ O‘rganishlar davomida fuqaroning murojaati yuzasidan tegishli tartib-taomillar, zarur hujjatlar va amalga oshirish bosqichlari bo‘yicha batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.

✔️ Deputat tomonidan aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish doimiy e’tiborda ekani ta’kidlandi

Slide 1 of 3