Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 18-Yangi turmush saylov okrugi deputati Yo‘ldashova Sevara hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Choriyeva Mahliyo hamrohligida hududdagi mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida deputat tomonidan mahalla yettiligi a’zolarining aholi muammolarini aniqlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash borasidagi faoliyati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar holati o‘rganilib, mavjud muammolar yuzasidan mas’ullar bilan muhokamalar olib borildi. Deputat tomonidan ayrim yo‘nalishlarda ishlarni kuchaytirish, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda manzilli yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur o‘rganish deputatlik faoliyati doirasida hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularning ijobiy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.