Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qiziltepa tumani Tibbiyot birlashmasida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Qiziltepa tumani Azizobod mahallasida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh. Usmonova saylovchilar bilan uchrashmoqda
янв.21
Toshmachit mahallasida xotin-qizlar faoliyati tizimli ravishda o‘rganildi
янв.21
QAROR IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Aholi muammolari xonadonbay o‘rganilib, pilla mavsumiga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
янв.21
Madaniyat mahallasida xotin-qizlar faolligi va tashabbuslari o‘rganildi
янв.21
Mahallada ijtimoiy xizmat faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qiziltepa tumanida MTT faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 1-Malikobod saylov okrugidan saylangan deputat G‘.Safarov o‘rganish olib bordi
DOIMIY KOMISSIYA RAISLARI UCHUN O‘QUV-SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

Xalq deputatlari shahar Kengashi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda doimiy komissiyalar ish samaradorligini oshirish maqsadida maxsus o‘quv-seminar
tashkil etildi.
 

Doimiy komissiya raislarining vakolatlari va oldindagi muhim vazifalar belgilab berilgan bo‘lib, asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratigan: 

Nazorat-tahlil faoliyati: Komissiyalar tomonidan ijro hokimiyati organlari hisobotlarini eshitish tartibi; 

Qarorlar ijrosi: Kengash qarorlari va dasturlar ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rganish mexanizmlari; 

Ish reja bilan ishlash: Doimiy komissiyalarning choraklik va yillik ish rejalarini shakllantirishdagi dolzarb yo‘nalishlar. 

Seminardan maqsad - komissiya raislarining huquqiy bilimlarini mustahkamlash, sessiya kun tartibiga masalalarni tayyorlashda sifat va tahlilga alohida urg‘u berish, shuningdek, komissiya raislariga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ish faoliyatini yanada kuchaytirish yuzasidan aniq tavsiyalar va uslubiy ko‘rsatmalar berishdan iborat.  

Slide 1 of 1