Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy xizmat faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati bilan hamkorlik
янв.21
Deputat tashabbusi bilan maktab ta’miri yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Yoshlar kelajagi — e’tibor markazida
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi.
янв.21
Bo‘ston mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Qiziltepa tumani Kengashida “Adolat” SDP vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri U.Bobojonovning shaxsiy kunlik ish rejasiga asosan kotibiyat xodimlarning ishga o‘z vaqtida kelganligi nazorat qilindi hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida xodimlar o‘rtasida kunlik ishlar taqsimlandi.
янв.21
Deputat o‘rganish olib bordi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tuman deputati Muattar Mirzajonova Sh. Rashidov OSHP binosida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida binoning ichki va tashqiy asosiy qurilish-ta’mirlash ishlari belgilangan tartibda va sifatli olib borilayotgani qayd etildi. Shu bilan birga, ayrim kamchiliklar ham aniqlandi. Xususan, obyekt atrofi o‘ralgan himoya devori (to‘siq devor)ning poydevor qismi ayrim joylarda ko‘chib tushgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishda zarur ta’mirlash ishlari amalga oshirilmagani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan pudratchi tashkilot vakillari bilan suhbat o‘tkazilganda, ular ushbu ishlar loyiha hujjatlarida nazarda tutilmaganini sabab qilib ko‘rsatdilar.

Bundan tashqari, OSHP binosini ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi ham hanuzgacha hal etilmay qolayotgani aniqlandi. Mazkur masala yuzasidan deputat tomonidan mas’ul tashkilot — Boyovut tumani “Suvta’minot” davlat unitar korxonasiga bir necha bor murojaat qilinganiga qaramay, amaliy ishlar olib borilmayotgani tanqid qilindi.

Slide 1 of 5