Yoshlar kelajagi — e’tibor markazida
Xalq deputatlari tuman Kengashining 23-Toshrabot saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Usmonova 27-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilarga turli kasblar, ularni egallash sirlari, kelajakda to‘g‘ri kasb tanlashning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlarni bilim olishga, o‘z ustida ishlashga va aniq maqsadlar qo‘yishga undovchi tavsiyalar bildirildi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.