Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qiziltepa tumani Tibbiyot birlashmasida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Qiziltepa tumani Azizobod mahallasida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh. Usmonova saylovchilar bilan uchrashmoqda
янв.21
Toshmachit mahallasida xotin-qizlar faoliyati tizimli ravishda o‘rganildi
янв.21
QAROR IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Aholi muammolari xonadonbay o‘rganilib, pilla mavsumiga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
янв.21
Madaniyat mahallasida xotin-qizlar faolligi va tashabbuslari o‘rganildi
янв.21
Mahallada ijtimoiy xizmat faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qiziltepa tumanida MTT faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 1-Malikobod saylov okrugidan saylangan deputat G‘.Safarov o‘rganish olib bordi
Deputat nazorati

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosi yuzasidan, tuman Kengashi 3-okrug deputati A.Tadjibayev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Ashirmatov tomonidan “Shalola” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.  

Deputat mahalladagi yoshlar yetakchisidan:

- Yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyat uchun foydali va umummilliy manfaatlarga xizmat qilishga qaratilgan loyihalarni mahalla darajasida amalga oshirish holati;

- Mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalari va o‘z taqdiri uchun mas’uliyat hissini kuchaytirish orqali bandligiga ko‘maklashish;

- “Yoshlar daftari” ga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatiladigan yordamning ijtimoiy hamkorlik tamoyiliga asoslanishini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha hisobotini tinglandi.

Slide 1 of 3