Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy xizmat faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati bilan hamkorlik
янв.21
Deputat tashabbusi bilan maktab ta’miri yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Yoshlar kelajagi — e’tibor markazida
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi.
янв.21
Bo‘ston mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Qiziltepa tumani Kengashida “Adolat” SDP vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri U.Bobojonovning shaxsiy kunlik ish rejasiga asosan kotibiyat xodimlarning ishga o‘z vaqtida kelganligi nazorat qilindi hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida xodimlar o‘rtasida kunlik ishlar taqsimlandi.
янв.21
Deputat o‘rganish olib bordi
📌 Yakkasaroy tumanida mahallalarni o‘rganish va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda

📌 Yakkasaroy tumanida mahallalarni o‘rganish va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati mudiri Mirkasimov Djasur Alisherovich hamda 4-Muhandislar saylov okrugi deputati Fazilov Ramiz Yasharovich tomonidan “Muhandislar” mahalla fuqarolar yig‘ini “mahalla yettiligi” a’zolari: mahalla raisi Sultanov Akmal Xidoyat-Sarkorovich, hokim yordamchisi Abdiyev Shaxzod Anvar o‘g‘li, mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim Odilov Odil Urol o‘g‘li, xotin-qizlar faoli Kuldasheva Gulira’no Ortiqboyevna, yoshlar yetakchisi Abdiraxmanov Asliddin Akbarovich, soliq inspektori Atamuxamedov Komol Urunbayevich hamda profilaktika inspektori Nurmatov Shuxratjon G‘ayrat o‘g‘li bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda hududni kompleks (24 ta tavsiya asosida) o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Uchrashuv davomida mahallada ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash, fuqarolar bilan manzilli ishlash, ehtiyojmand oilalarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida aniq mexanizmlarni joriy etish, xususan, bandlikni ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb qilish, imtiyozli kredit va subsidiya imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali oilalarning daromadini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. “Mahalla yettiligi” a’zolarining asosiy vazifalaridan biri aynan kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish ekani, bu borada ularning mas’uliyati va o‘zaro hamkorligi muhim ekani ta’kidlandi.

Shundan so‘ng kotibiyat mutaxassislari Adashboyev Aziz Ag‘zam o‘g‘li hamda Abdullajonov Dilshod Komiljon o‘g‘li “mahalla yettiligi” a’zolari bilan birgalikda hududlarga chiqib, xonadonma-xonadon yurib, aholi turmush sharoitlari, muammolari va ehtiyojlarini o‘rganish, fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazib, ularning taklif va murojaatlarini tinglash belgilab olindi.

🔹 Bunday o‘rganish ishlari mahallalarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, aholining muammolarini joyida hal etish hamda davlat organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🔹 Yakkasaroy tumanida bu kabi tizimli ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1