Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Azizobod mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Karimova o‘z saylov okrugida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Qiziltepa tumani Tibbiyot birlashmasida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Qiziltepa tumani Azizobod mahallasida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh. Usmonova saylovchilar bilan uchrashmoqda
янв.21
Toshmachit mahallasida xotin-qizlar faoliyati tizimli ravishda o‘rganildi
янв.21
QAROR IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Aholi muammolari xonadonbay o‘rganilib, pilla mavsumiga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
янв.21
Madaniyat mahallasida xotin-qizlar faolligi va tashabbuslari o‘rganildi
янв.21
Mahallada ijtimoiy xizmat faoliyati o‘rganildi
Deputat axboroti

Mahalladagi o‘zgarishlar va rejalar - deputat axboroti hamda fuqarolar bilan uchrashuv

 📝 Mazkur uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, infratuzilmani rivojlantirish borasidagi ishlar hamda kelgusidagi ustuvor rejalar atroflicha muhokama qilindi. Deputat tomonidan I-chorak davomida bajarilgan ishlar yuzasidan axborot taqdim etilib, hududni yanada obod qilish, aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan loyihalar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

 💼 Tuman hokimligi mas’ul rahbarlari bilan hamkorlikda saylangan okrugda o‘tkaziladigan uchrashuvlar jadvali hamda I-chorak axboroti yuzasidan “6-Xondamir” okrugi deputati Azizov Kamolitdin To‘laganovich tomonidan “Ibrat” MFYda fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuv aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash va joyida hal etish maqsadida o‘tkazildi.

 📁 Uchrashuv davomida deputat so‘zga chiqib, o‘z faoliyati, amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, yig‘ilishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 1-apreldagi III-27-28-14-202-K/26-sonli qarori ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.

 ↗️ Mazkur qarorga muvofiq, mahalla hududidan o‘tuvchi Taqachi ko‘chasining 200 kv. metr qismi ta’mirlanib, ushbu ishlar uchun byudjet mablag‘laridan 17 mln. 600 ming so‘m sarflangani alohida ta’kidlab o‘tildi. Bu esa hudud infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolar uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qilayotgani qayd etildi.

 ✅ Shuningdek, Xondamir ko‘chasi 56-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro U.Sirojiddinov hamda Shirinquduq ko‘chasi 21-uyda yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro D.Talipovaga xonadonlariga infratuzilma jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har biriga 5 kVt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatish uchun 50 mln. so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgani ma’lum qilindi. Ushbu ishlar aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va energiya ta’minotini yaxshilashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

 ✍️ Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar sifati, ko‘chalarning yoritish tizimini yaxshilash, mahalla ichidagi tirbandliklarni bartaraf etish hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat deputat va mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan atroflicha tinglandi.

 💼 Bildirilgan muammolarni bartaraf etish maqsadida tuman mas’ullari bilan birgalikda joyiga chiqib o‘rganish, zarur hollarda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish hamda aniq chora-tadbirlar belgilash bo‘yicha kelishib olindi. Ushbu uchrashuv aholining murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni yanada yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 6