Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qiziltepa tumani Tibbiyot birlashmasida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Qiziltepa tumani Azizobod mahallasida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh. Usmonova saylovchilar bilan uchrashmoqda
янв.21
Toshmachit mahallasida xotin-qizlar faoliyati tizimli ravishda o‘rganildi
янв.21
QAROR IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Aholi muammolari xonadonbay o‘rganilib, pilla mavsumiga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
янв.21
Madaniyat mahallasida xotin-qizlar faolligi va tashabbuslari o‘rganildi
янв.21
Mahallada ijtimoiy xizmat faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qiziltepa tumanida MTT faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 1-Malikobod saylov okrugidan saylangan deputat G‘.Safarov o‘rganish olib bordi
Deputat maktabda

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati N.R. Qurbonova 10-“Saidlar” saylov okrugida joylashgan 8-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, hududdagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida davomad, darslar sifati hamda ichki muhit holatini o‘rgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, maktabda jami 803 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Shundan 446 nafari yoki 55,5 foizini qizlar tashkil etadi. O‘qituvchilarning 91,2 foizi xotin-qizlardan iborat.

O‘tgan o‘quv yilida maktabni tamomlagan 55 nafar bitiruvchining 58,2 foizi respublikamiz oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan bo‘lsa, ulardan 22 nafari davlat OTMlariga o‘qishga kirishga muvaffaq bo‘lgan.

Deputat N.R. Qurbonova yosh avlodni tarbiyalashda maktab, mahalla, ota-onalar hamda deputatlar hamkorligini kuchaytirish orqali ta’lim sifatini yanada oshirish yuzasidan qator takliflar bildirdi.