Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Bekzod Bobomurodov va tegishli mas’ullar M-37 xalqaro yo‘li bo‘yidagi 5 gektar maydonda tashkil etilgan "Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi"da bo‘lishdi.
янв.21
“YASHIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDA NAZORAT TADBIRI O‘TKAZILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri U. Bobojonov tomonidan siyosiy partiyalar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Qalayi Azizion mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Viloyat deputati va tuman deputati hamkorlikda texnikumga tashrif buyurdi.
янв.21
OYDIN HOJIYEVA XOTIRASIGA EHTIROM KO‘RSATILDI.
янв.21
Аholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Toshrabot aholisi bilan muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.
янв.21
Azizobod mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Karimova o‘z saylov okrugida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
📌 Deputatlik so‘rovi yuborildi

📌 Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 24-Konstitutsiya saylov okrugi deputati Nazarova Farida Abduraximovna tomonidan hudud aholisi murojaatlari asosida mas’ul tashkilotga navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Mazkur deputatlik so‘rovi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga muvofiq Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Yakkasaroy tumani filiali boshlig‘i nomiga yo‘llandi.

Ma’lum qilinishicha, Yakkasaroy tumani Konstitutsiya ko‘chasida istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolar tomonidan 2026-yil 12-fevral kuni tuman hokimligiga murojaat yo‘llangan. Mazkur murojaatda Konstitutsiya ko‘chasining bir qismi, ya’ni “toq raqamli” uy xo‘jaliklari 2024-yilda “Konstitutsiya” mahallasi tarkibidan chiqarilib, “Bog‘saroy” mahallasi tarkibiga o‘tkazilgani qayd etilgan.

Ushbu o‘zgarish natijasida mazkur ko‘chada istiqomat qiluvchi aholining ikkiga bo‘linib qolganligi, bu esa o‘z navbatida mahallada o‘tkaziladigan tadbir va marosimlarni tashkil etish, hududda boshqaruv va hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yishda muayyan noqulayliklar tug‘dirayotgani ta’kidlangan.

Shuningdek, fuqarolar murojaatida yillar davomida, ya’ni 50 yildan ortiq vaqt mobaynida “Konstitutsiya” mahallasi doirasida shakllangan birodarlik, ahillik va o‘zaro yordam an’analari ushbu o‘zgarish natijasida salbiy ta’sirga uchrashi mumkinligi ham qayd etilgan.

Shundan kelib chiqib, fuqarolar tomonidan ushbu qarorni qayta ko‘rib chiqish, Konstitutsiya ko‘chasining ikki qismini birlashtirish, ya’ni “toq raqamli” xonadonlarni “Bog‘saroy” mahallasi tarkibidan chiqarib, “Konstitutsiya” mahallasi tarkibiga qayta kiritish masalasida amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, deputat tomonidan mas’ul tashkilotdan quyidagi masalalar yuzasidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda asoslantirilgan tushuntirish berish so‘raldi:

- Konstitutsiya ko‘chasi aholisining mazkur murojaati belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgan yoki chiqilmaganligi;

- murojaat ayni vaqtda qaysi bosqichda ekanligi;

- murojaat yuzasidan tegishli qaror qabul qilingan yoki qilinmaganligi;

- fuqarolarga rasmiy javob xati tayyorlangan yoki tayyorlanmaganligi;

- murojaat qanoatlantirilgan yoki qanoatlantirilmaganligi yuzasidan aniq ma’lumotlar.

Hudud aholisi murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish hamda mahalla hududida tashkiliy yaxlitlikni ta’minlash maqsadida yuborilgan mazkur deputatlik so‘rovi ijrosi deputat tomonidan nazoratga olingan.