Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Bekzod Bobomurodov va tegishli mas’ullar M-37 xalqaro yo‘li bo‘yidagi 5 gektar maydonda tashkil etilgan "Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi"da bo‘lishdi.
янв.21
“YASHIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDA NAZORAT TADBIRI O‘TKAZILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri U. Bobojonov tomonidan siyosiy partiyalar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Qalayi Azizion mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Viloyat deputati va tuman deputati hamkorlikda texnikumga tashrif buyurdi.
янв.21
OYDIN HOJIYEVA XOTIRASIGA EHTIROM KO‘RSATILDI.
янв.21
Аholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Toshrabot aholisi bilan muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.
янв.21
Azizobod mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Karimova o‘z saylov okrugida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati Alibek Amanlikovga biriktirilgan Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida Qonun (O‘RQ-327, 2012-yil) ijrosini ta’minlash hamda uning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbir davomida deputat tomonidan mazkur qonunning asosiy yo‘nalishlari, xususan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar, imtiyoz va preferensiyalar, shuningdek, fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va yuritishi bilan bog‘liq huquqiy jihatlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, fuqarolarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berilib, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali daromad manbalarini kengaytirish, bandlikni ta’minlash hamda iqtisodiy faollikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 2