Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat chiqindilarni olib ketish holatini o‘rgandi.
янв.21
Tumandagi Azizobod mahallasi "Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla"ga aylantirilmoqda. Bugun Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Bekzod Bobomurodov tegishli mas’ullar bilan birgalikda ushbu mahallada bo‘ldi.
янв.21
Mahalla faoliyati — deputat e’tiborida
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvi: Amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, istiqbolli rejalar belgilandi.
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari uchun tavsiyalar.
янв.21
Deputat o‘rganishi: Aholining bepul dori-darmon bilan ta’minlanish darajasi nazoratda
янв.21
DEPUTAT HUDUDDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR BILAN TANISHDI
янв.21
DEPUTAT MAHALLA FAOLIYATINI O‘RGANDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
SIYOSIY PARTIYALAR VAKILLARI "INSON" IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZI FAOLIYATI BILAN TANISHDI.
Deputat va yoshlar uchrashuvi – ochiq muloqot maydoni

Deputat va yoshlar uchrashuvi – ochiq muloqot maydoni

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati M.Kalonоv tomonidan Navoiy davlat universitetida talabalar ishtirokida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur uchrashuv yoshlar bilan muloqotni mustahkamlash, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda dolzarb masalalarni muhokama qilishga qaratildi.

Uchrashuv davomida deputat M.Kalonav mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim tizimidagi islohotlar hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari haqida atroflicha ma’lumot berdi. Shuningdek, talabalarni qiziqtirayotgan savollarga javob qaytarib, ularning taklif va mulohazalarini diqqat bilan tingladi.

Talabalar tomonidan ta’lim sifati, amaliyot imkoniyatlari, bandlik masalalari va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga oid qator takliflar ilgari surildi. Deputat mazkur takliflarni inobatga olish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan erkin fikr bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bunday muloqotlar yoshlarning faolligini oshirish, ularni jamiyat hayotiga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yakun sifatida, bu kabi uchrashuvlarni muntazam ravishda tashkil etish, yoshlar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 4