Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Sariosiyo mahallasida ijtimoiy ob’ektlar faoliyati o‘rganildi va saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Sariosiyo mahallasida ijtimoiy ob’ektlar faoliyati o‘rganildi va saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

✅ Sariosiyo mahallasida aholi manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy sohadagi mavjud holatni o‘rganish hamda fuqarolar murojaatlarini tinglash maqsadida mahalla deputati F.Ro‘ziboyev tomonidan joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.

✅O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy ob’ektlar — mahalla yettiligi, maktabgacha ta’lim tashkiloti va tibbiyot punkti faoliyati ko‘zdan kechirildi. Ob’ektlarda aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar, xizmatlar sifati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar atroflicha muhokama qilindi. Ayrim yo‘nalishlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berildi.

✅ Shuningdek, deputat tomonidan mahalla aholisi va saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynayotgan masalalar, jumladan, infratuzilmani yaxshilash, kommunal xizmatlar, yo‘llar holati hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Saylovchilarning murojaatlari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha deputatlik so‘rovlari yuborish belgilab olindi.

Slide 1 of 5