Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat o‘rganish olib bordi.
янв.21
HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MAHALLA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvida haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Navoiy viloyat Ichki ishlar organlarida bir qator manaviy-ma’rifiy hamda harbiy vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda
янв.21
O‘rganish olib borildi.
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi.
янв.21
O‘rganish olib borildi
янв.21
DEPUTAT HUDUDDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLARNI O‘RGANDI
янв.21
YOSHLAR BILAN SAMIMIY UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTAT AHOLI BILAN UCHRASHDI
Xalq deputatli Samarqan shahar deputatlari dorixonalar va savdo shoxobchalarini o‘rgandi.

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari B.Rahmonov va F.G‘aybullayevlar shahardagi bir qator dorixonalar hamda savdo shoxobchalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganishlar jarayonida dori-darmonlar sifatini oshirish, qalbaki mahsulotlarga qarshi kurashish, shuningdek, sohaga oid qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati yuzasidan tadbirkorlar va fuqarolarga tushuntirishlar berildi.

 Deputatlar tomonidan dori vositalari narxining oshib borayotgani aholining dolzarb muammolaridan biri ekani alohida ta’kidlandi. Fuqarolarning fikr-mulohazalari tinglanib, sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflar ilgari surildi.

 Aholini sifatli va hamyonbop dori vositalari bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash tizimida samaradorlikni oshirish ustuvor vazifalardan biri sifatida qayd etildi.

 Shuningdek, dorixonalar faoliyati o‘rganilib, “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablari, xususan dori vositalari reklamasiga oid me’yorlarga rioya etilishi yuzasidan ham nazorat olib borildi.

 Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi va masalalar nazoratga olindi.

Slide 1 of 1