YOSHLAR BILAN SAMIMIY UCHRASHUV O‘TKAZILDI
uman Kengashi deputati Sh.Usmonova, mahalla oqsoqollari hamda mahalla xodimlari bilan birgalikda 27-sonli maktabga tashrif buyurib, o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazishdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning darslarga davomati, ularning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlari hamda kelajakdagi rejalari yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi. Yoshlarning fikr va mulohazalari tinglanib, ularga to‘g‘ri kasb tanlash, bilim olishga bo‘lgan intilishni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.