Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat o‘rganish olib bordi.
янв.21
HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MAHALLA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvida haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Navoiy viloyat Ichki ishlar organlarida bir qator manaviy-ma’rifiy hamda harbiy vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda
янв.21
O‘rganish olib borildi.
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi.
янв.21
O‘rganish olib borildi
янв.21
DEPUTAT HUDUDDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLARNI O‘RGANDI
янв.21
YOSHLAR BILAN SAMIMIY UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTAT AHOLI BILAN UCHRASHDI
Sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi

Sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi

🔘Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi va sog‘liqni saqlash muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.

🔵Mazkur o‘rganishlar yakunlari yuzasidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev, tibbiyot birlashmasi bosh vrachi A. Sobirov hamda birlashma shifokorlari ishtirokida tanqidiy-tahliliy muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

🔵Yig‘ilish davomida sohada mavjud holat atroflicha tahlil qilinib, aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, korrupsion holatlarning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Yakunida mazkur masalani Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritish hamda tizimli nazoratni kuchaytirish yuzasidan tegishli takliflar ilgari surildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 6