Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MAHALLA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvida haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Navoiy viloyat Ichki ishlar organlarida bir qator manaviy-ma’rifiy hamda harbiy vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda
янв.21
O‘rganish olib borildi.
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi.
янв.21
O‘rganish olib borildi
янв.21
DEPUTAT HUDUDDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLARNI O‘RGANDI
янв.21
YOSHLAR BILAN SAMIMIY UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTAT AHOLI BILAN UCHRASHDI
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirmanchi sessiyasi o‘tkazildi.
Deputat so'rovi

Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashi deputati Gulnora To’xtanazarova tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

 Deputatlik so‘rovi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasi talablariga muvofiq tarzda tayyorlanib, tumani elektr ta’minoti boshlig‘i Sh. Mamajonov nomiga yo‘naltirildi.

Deputat so'rovida, Olmazor mahalla hududidagi Yangizamon, Yetakchi va Jalayer ko‘chalarida elektr ta’minoti bitta transformator orqali amalga oshirilayotgani, aholi sonining ortib borayotgani sababli elektr energiyasi yetkazib berishda uzilishlar yuzaga kelayotgani va aholi tomonidan e’tirozlar bildirilayotgani sababli, Yangizamon markaziy ko‘chasi hamda Yetakchi va Jalayer ko‘chalarida mavjud yog‘och elektr ustunlarini beton ustunlarga almashtirish zarurati mavjudligi sababli belgilangan tartibda ko‘rib chiqib, ijobiy hal etilshini hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan belgilangan muddatda yozma ma’lumot taqdim etishni so‘ragan.

Mazkur deputatlik so‘rovi mahalla tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarga qulay ijtimoiy muhit yaratish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarning yana bir muhim bosqichi sifatida e’tirof etiladi.

Slide 1 of 1