Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MAHALLA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvida haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Navoiy viloyat Ichki ishlar organlarida bir qator manaviy-ma’rifiy hamda harbiy vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda
янв.21
O‘rganish olib borildi.
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi.
янв.21
O‘rganish olib borildi
янв.21
DEPUTAT HUDUDDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLARNI O‘RGANDI
янв.21
YOSHLAR BILAN SAMIMIY UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTAT AHOLI BILAN UCHRASHDI
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirmanchi sessiyasi o‘tkazildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Akmal Artikovich Jimalyazov Tuproqqal’a massivida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari atroflicha tinglanib, ularning bandligi, ta’lim olishi, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot jarayonida yoshlar tomonidan ko‘tarilgan ko‘plab masalalar joyida o‘rganilib, ayrim muammolar bo‘yicha tezkor choralar ko‘rildi va ularning yechimi ta’minlandi. Shu bilan birga, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar va mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Deputat tomonidan yoshlar bilan bunday ochiq muloqotlar ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hududda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4