Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MAHALLA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvida haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Navoiy viloyat Ichki ishlar organlarida bir qator manaviy-ma’rifiy hamda harbiy vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda
янв.21
O‘rganish olib borildi.
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi.
янв.21
O‘rganish olib borildi
янв.21
DEPUTAT HUDUDDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLARNI O‘RGANDI
янв.21
YOSHLAR BILAN SAMIMIY UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTAT AHOLI BILAN UCHRASHDI
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirmanchi sessiyasi o‘tkazildi.
Madad maslahat huquqiy byurosi bilan hamkorlik

 Madad maslahat huquqiy byurosi bilan hamkorlik 

  ️Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi tomonidan aholining huquqiy madaniyatini oshirish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarga yechim topish
hamda huquqiy maslahatlar berish maqsadida Madad maslahat huquqiy byurosi bilan hamkorlikda Uyg‘ur va Ultarma mahallasi fuqarolari uchun uchrashuv tashkil etildi.
 

  Ushbu uchrashuvda tuman Kengashi deputati U.Sayfiddinova, Madad huquqiy byurosi mutaxassisi, mahalla faollari hamda aholi vakillari ishtirok
etdilar. Tadbir davomida fuqarolar tomonidan turli sohalarga oid — ijtimoiy ta’minot, yer-huquq munosabatlari, uy-joy masalalari, bandlik, aliment, meros va boshqa huquqiy masalalar bo‘yicha murojaatlar bildirildi.
 

  Uchrashuv davomida fuqarolarga o‘z huquq va majburiyatlari, amaldagi qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatlaridan foydalanish tartiblari
haqida ham tushunchalar berildi.
 

  Bunday ochiq muloqotlar aholi muammolarini tinglash, ularni o‘z vaqtida bartaraf etish va fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
  

Slide 1 of 4