Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MAHALLA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvida haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Navoiy viloyat Ichki ishlar organlarida bir qator manaviy-ma’rifiy hamda harbiy vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda
янв.21
O‘rganish olib borildi.
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi.
янв.21
O‘rganish olib borildi
янв.21
DEPUTAT HUDUDDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLARNI O‘RGANDI
янв.21
YOSHLAR BILAN SAMIMIY UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTAT AHOLI BILAN UCHRASHDI
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirmanchi sessiyasi o‘tkazildi.
#sessiyadan oldin o'rganish #nazorat

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdagi 39-sessiya kun tartibiga kiritilgan muhim masalalardan biri — mahalliy budjetning 2026-yil boshidagi erkin qoldiq mablag‘laridan unumli foydalanish yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

📍Asosiy maqsad: 2-son texnikumida xalqaro standartlarga mos kasbiy ta’limni joriy etish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy jihozlar xarid qilinishini tahlil qilish.

O‘rganish jarayonida:

🔹Kengash kotibiyati mudiri Sevara Qodirova;

🔹Mahalliy budjet masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari;

🔹Kotibiyat bosh mutaxassisi Muhriddin Begmatov ishtirok etishdi.

🔍 O‘rganish natijalari:

Ishchi guruhi tomonidan texnikumga ajratilayotgan mablag‘lar hisobiga qanday uskunalar sotib olinishi, ularning o‘quv jarayonidagi o‘rni va yoshlarning zamonaviy kasb-hunar egallashidagi ahamiyati ko‘rib chiqildi.

✅Vazifalar belgilandi:

Ajratilayotgan mablag‘lardan oqilona foydalanish;

Xarid qilinadigan jihozlarning sifat darajasini nazorat qilish;

Yangi texnologiyalardan foydalangan holda talabalarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 6