Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat o‘rganish olib bordi.
янв.21
HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MAHALLA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvida haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Navoiy viloyat Ichki ishlar organlarida bir qator manaviy-ma’rifiy hamda harbiy vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda
янв.21
O‘rganish olib borildi.
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi.
янв.21
O‘rganish olib borildi
янв.21
DEPUTAT HUDUDDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLARNI O‘RGANDI
янв.21
YOSHLAR BILAN SAMIMIY UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTAT AHOLI BILAN UCHRASHDI
#deputatlik_faoliyati

#deputatlik_faoliyati 

Deputatlar tomonidan mahalla “yettiligi” faoliyati o‘rganildi

Tuman Kengashi deputatlari B.Baxovadinov va I.Soliyevlar tomonidan "Burgalik" mahalla “yettiligi” a’zolarining ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallada aholi muammolarini hal etish, ijtimoiy himoya, bandlikni ta’minlash hamda jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirayotgan ishlar muhokama qilindi.

Profilaktika inspektori tomonidan hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, “qizil”, “sariq” hamda “yashil” hududlar bilan ishlash, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Ijtimoiy xodim tomonidan kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va hal etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

✅️Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi!

Slide 1 of 1