Deputatlar tomonidan mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
Tuman Kengashi deputatlari N.Xaitqulov, K.Djumanazarova hamda kotibiyati mudiri B.Baxovadinovlar tomonidan hududdagi Arg‘in-sada mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida mahallada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash holati, profilaktik tadbirlar hamda xodimlarning xizmat intizomiga rioya etishi tahlil qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-209-son qaror ijrosi doirasida belgilangan vazifalarning mahalla darajasida bajarilishi holatiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan manzilli ishlash, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar muammolarini hal etish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
Deputatlar tomonidan fuqarolar yig‘ini binosida ish hujjatlari, murojaatlar daftarining yuritilishi, qabul kunlari va ularning samaradorligi o‘rganildi.
✅️Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi!