Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat o‘rganish olib bordi.
янв.21
HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MAHALLA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvida haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Navoiy viloyat Ichki ishlar organlarida bir qator manaviy-ma’rifiy hamda harbiy vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda
янв.21
O‘rganish olib borildi.
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi.
янв.21
O‘rganish olib borildi
янв.21
DEPUTAT HUDUDDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLARNI O‘RGANDI
янв.21
YOSHLAR BILAN SAMIMIY UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTAT AHOLI BILAN UCHRASHDI
Deputatlar, Hokim o‘rinbosari va Mahalla uyushmasi hamkorligida Mustaqillik mahallasida “Yettilik” faoliyati o‘rganildi

Deputatlar, Hokim o‘rinbosari va Mahalla uyushmasi hamkorligida Mustaqillik mahallasida “Yettilik” faoliyati o‘rganildi

Termiz tuman hokimi o‘rinbosari F.Abjalov O‘zbekistom Mahallalari uyushmasining Termiz tuman bo‘limi boshlig‘i R.Alixanov bilan hamkorlikda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyat mudiri A.Avliyakulov hamda deputatlar Sh.Norsayev va G.Shafoatovalar Mustaqillik mahallasida olib borilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi. 

O‘rganish davomida “mahalla yettiligi” a’zolarining har biri faoliyati alohida ko‘rib chiqildi.

🔹 Mahalla raisi – hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish va obodonlashtirish ishlari yuzasidan hisobot berdi.

🔹 Hokim yordamchisi – aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda kredit va subsidiya ajratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.

🔹 Yoshlar yetakchisi – yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlar haqida ma’lumot berdi.

🔹 Xotin-qizlar faoli – ayollarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, muammolarini hal etish va bandligini oshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlarni bayon etdi.

🔹 Profilaktika inspektori – hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida axborot berdi.

🔹 Ijtimoiy xodim – ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash va ijtimoiy yordam ko‘rsatish jarayonlari yuzasidan ma’lumot taqdim etdi.

🔹 Soliq va kadastr vakili – yer va mol-mulk hujjatlarini tartibga solish hamda tushuntirish ishlari haqida ma’lumot berdi.

O‘rganish yakunida deputatlar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi. Hamkorlikdagi ishlar doimiy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4