Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
CHO‘L BAGʻRIGA CHIGIT QADALDI
янв.21
YOSHLAR BILAN SAMARALI UCHRASHUV
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
янв.21
Qiziltepa tumanida mahalla binosi ta’mirlanadi.
янв.21
Open Budjet 2026-yil 1-mavsum yakunlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi
янв.21
Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 12-Xusbiddin saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Niyozova Lobar Safarovna saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan
янв.21
Aholiga berilayotgan bepul dori vositalari o‘rganildi.
Ichki yo‘llarni saqlash va ta’mirlash ishlari o‘rganildi

🔹Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova hamda kotibiyat mudiri A.Ermatov, A.Yassaviy MFY raisi N.Axunov hamrohligida A.Yassaviy MFYda amalga oshirilayotgan ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish olib bordilar.

🔹Mazkur o‘rganishlar Marg‘ilon shahar Kengashining 2025-yil 14-maydagi “Marg‘ilon shahridagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari to‘g‘risida”gi 9-42-11-168-K/25-sonli qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.

O‘rganish jarayonida A.Yassaviy MFY hududidagi Sabzavot, Ziyo hamda Furkat ko‘chalarida amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi. Ushbu hududlarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulaylik yaratish hamda transport harakatini yanada tartibga solish borasida bajarilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

🔹Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga deputatlik so‘rovlari yuborish rejalashtirildi.

🔹 Bunday o‘rganishlar orqali joylardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish, eng muhimi, aholiga munosib sharoit yaratish maqsad qilinmoqda.

🔹Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan bu kabi nazorat tadbirlari tizimli davom ettiriladi.

Slide 1 of 5