Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
CHO‘L BAGʻRIGA CHIGIT QADALDI
янв.21
YOSHLAR BILAN SAMARALI UCHRASHUV
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
янв.21
Qiziltepa tumanida mahalla binosi ta’mirlanadi.
янв.21
Open Budjet 2026-yil 1-mavsum yakunlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi
янв.21
Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 12-Xusbiddin saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Niyozova Lobar Safarovna saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan
янв.21
Aholiga berilayotgan bepul dori vositalari o‘rganildi.
TIBBIY XIZMAT SIFATI VA TEZKORLIGI DEPUTAT NAZORATIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.01.2024 yildagi PQ-38-sonli “Sog‘liqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, hamda Xalq deputatlarishahar Kengash deputatlari faoliyatining eng muhimyo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari saylangan hududlarda o‘rganishlar o‘tkazish bo‘yicha savolnomaning 2 bandi "Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati (tez yordam mashainasi qancha vaqtda yetib keladi va potranaj xamshirasi faoliyati)" ijrosini ta’minlash maqsadida shahar Kengashi deputati D.Atayeva shahardagi 3-son oilaviy poliklinikasi xodimlari bilan uchrashdi. 

Uchuvdan asosiy maqsad, shaharda Sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash, tibbiyot muassasalari faoliyatini ilg‘or xorijiy tajriba asosida tashkil etish, tibbiyot kadrlarining salohiyatini oshirish, nodavlat tibbiyot tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash xolati o‘rganildi. 

Bu borada shahardagi ko‘p qavatli uylar orasidagi yo‘llarning torligi yoki sun’iy to‘siqlar tez yordam mashinalarining harakatiga biroz xalaqit berishi aniqlandi. Bundan tashqari quyidagi yo‘nalishlar
atroflicha tahlil qilindi: aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati;
davlat tomonidan beriladigan bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash holati va ularning saqlash sharoitlari; poliklinikaning moddiy-texnik bazasi; fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi samaradorligi. 

O‘rganish davomida dori vositalarini qabul qilish, saqlash va tarqatish tartibi, sanitariya-gigiena talablariga rioya etilishi hamda tibbiy xizmat ko‘rsatishda qonunchilik normalariga amal qilinishi o‘rganildi. 

Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish va aholi uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarilishi belgilandi. 

Slide 1 of 2