🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati N.Shamsiyeva va MFY “yettiligi” aʼzolari bilan birgalikda. Jizzax shahar “Olmazor” MFY aholisi tomonidan bildirilgan muammolar o‘rganib chiqildi.
🔸O‘rganish jarayonida, «Olmazor siti»da joylashgan 11-ko‘p qavatli uy oldidan o‘tgan ichimlik suvi quvurining tarmog‘ida nosozlik borligi aniqlandi.
🔸Ushbu masala, deputat tomonidan nazoratga olinib va bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan, Jizzax shahar suv taʼminoti korxonasi mutasaddilariga tegishli ko‘rsatmalar berildi hamda muammoni bartaraf etilishi nazoratga olindi.