O'rganish davomida mahallaning ijtimoiy xodimi N.Yusupova bilan birgalikda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlari o‘rganildi.
♻️Shuningdek, fuqarodan kelib tushgan murojaat asosida Samarqand ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaroning xonadoniga borilib, oilaning ijtimoiy holati o‘rganildi. Suhbat davomida ushbu oilaning yashash sharoiti og‘ir ekani aniqlandi.
✅Fuqaroga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam turlari haqida batafsil tushuntirish berilib, oilani “Yagona ijtimoiy reyestr” axborot tizimiga kiritish tartibi haqida zarur tavsiyalar berildi.