Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 6-Yangihayot saylov okrugidan saylangan deputat, O‘zLiDeP a’zosi Xadjiqulov Sahobiddin Sirojiddinovich tomonidan “Yangihayot” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalla raisi, profilaktika inspektori hamda yoshlar yetakchisining hududdagi ijtimoiy muammolarni hal etish, aholining murojaatlari bilan ishlash, yoshlar bandligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borayotgan ishlari tahlil qilindi.
Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, kelgusida tizimli ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.