Bugun Shahrisabz tumani hokimi o‘rinbosari X.Turayev hamda tuman Kengashi deputati Ch.Rajabova "Shamaton" mahallasida bo‘lib, nuroniy otaxonlar va mahalla faollari bilan muloqot qildilar.
Uchrashuvning asosiy maqsadi — tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli va sifatli sarflanishini ta’minlashdir.
Muloqot davomida faxriylarga ushbu jarayonda bevosita ishtirok etish va kuchli jamoatchilik nazoratini o‘rnatish vazifasi yuklatildi. Zero, mahalla ahli ko‘zi bilan nazorat qilingan ish — sifatli va uzoq muddatli bo‘ladi.