DEPUTAT PEDAGOGLAR DAVRASIDA....
Qiziltepa tuman Kengashi deputati Muqimova Madina Murodilloyevna hududdagi 15-umumta'lim maktabida
“Ayollar ishtirokidagi jamiyat rivojlanishidagi o‘rni va muhimligi" mavzusida o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Uchrashuvda jamiyatdagi ayollarning o‘rni, ta'lim sohasidagi ahamiyati va ularning huquqlari muhokama qilinmoqda. Bu kabi uchrashuvlar ayollar faolligini oshirish, ularning jamiyatdagi rolini kuchaytirish hamda ta'lim sifatini yaxshilashga qaratilgan. Deputatning bunday tashabbuslari jamoatchilik bilan yaqindan muloqot qilish, muammolarni tinglash va hal qilishda muhim ahamiyatga ega. Uchrashuvda ishtirok etayotgan ayollar faol qatnashmoqda, bu esa ularning siyosiy va ijtimoiy hayotdagi faolligini namoyon etadi.