Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI QIZILTEPA TUMANI KENGASHI RAISI, TUMAN HOKIMI GULZOR MAHALLASIDA BO‘LDI
янв.21
O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligiga munosabat
янв.21
Muammolar o'z yechimini topmoqda.
янв.21
Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari K. Tursunov hamda Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi kotibiyat mudiri J. Hamroyevlar mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olish borasida “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni kuchaytirishga e’tibor qaratmoqda.
янв.21
Qiziltepa tumani hokimligi binosida "Mahalliy Kengashlar faoliyatini namunali tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar" mavzusida seminar o‘tkazildi.
янв.21
Ertaga Qiziltepa tumanida Oliy Majlis Senati bilan birgalikda “Mahalliy Kengashlar faoliyatini namunali tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar” mavzusida Navoiy viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari uchun seminar bo‘lib o‘tadi.
янв.21
DEPUTAT AHOLI XONADONLARIDA
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining navbatdagi o‘ninchi sessiyasi o‘tkaziladi.
янв.21
Tashrif doirasida oliy darajadagi uchrashuvlar
янв.21
Muammolar o'z yechimini topmoqda
O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligiga munosabat

O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligiga munosabat.

2025-yil 1-sentabr kuni yurtimizda O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishganiga 34 yil to‘ladi. Bu sana nafaqat davlatimiz, balki har bir yurtdoshimiz uchun o‘ta muhim va g‘ururli sanadir. Mustaqillik bizga erkin hayot, o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilash imkonini berdi. Eng muhimi — ozod va obod Vatan, erkin va baxtli xalq degan yuksak g‘oya bugun amaliyotga aylanmoqda.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, iqtisodiy-ijtimoiy o‘zgarishlar, xalq bilan ochiq muloqot siyosati mustaqillikning ne’matlari ekanini yana bir bor isbotlamoqda. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, sanoat, qishloq xo‘jaligi, raqamli texnologiyalar kabi barcha sohalarda ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda.

Bu yutuqlarning zamirida yurtimiz tinchligi, xalqimizning mehnatkashligi va davlatimiz rahbariyati olib borayotgan oqilona siyosat yotadi. Bugun har bir o‘zbekistonlik Vatan taqdiri uchun mas’uliyatni chuqur his qilgan holda, o‘z mehnati, bilimi, fidoyiligi bilan mamlakat ravnaqiga hissa qo‘shmoqda.

Mustaqillik — bu faqat tarixiy sana emas, balki milliy o‘zligimiz, qadriyatlarimiz, tilimiz va madaniyatimizni asrab-avaylash, yangi avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash demakdir.

Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi bilan barcha yurtdoshlarimizni chin qalbdan tabriklaymiz! Ona Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz baxtli bo‘lsin!

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati - Y.Axmedov 

Slide 1 of 1