Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi 25-okrug deputati A.Kasimov hamda kotibiyat mudiri O.Toirov tomonidan “Navbahor” mahallasida ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammo o‘rganildi.
Mazkur masala O‘zsuvta’minot AJ tizimidagi Toshkent suv ta’minoti MChJ Qibray filiali mutaxassislari ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.
Muhokamalar davomida muammoning kelib chiqish sabablari aniqlanib, uni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi va amaliy yechimga erishildi. Natijada hudud aholisini barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlash yuzasidan tegishli ishlar yo‘lga qo‘yildi.