Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi 18-okrug deputati Doniyor Yusupov tomonidan saylangan hudud — “Boyjigit” mahallasida mahalla raisi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida hududni videokuzatuv kameralar bilan jihozlash, mavjud kameralarning ishlash holati hamda ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.
Shuningdek, hududda jinoyatchilikni oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va profilaktika ishlarini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.