Yangiliklar

Mahalla faoliyati o'rganildi

Mahalla faoliyati o'rganildi

 Tuman Kengashi deputati M.Karimova A.Navoiy mahalla faoliyati bilan yaqindan tanishdi. U mahalla aholisi bilan uchrashuv o‘tkazib, ularning turmush tarzi, ahvoli va mahalladagi muammolarini o‘rgandi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari tinglandi, ularning taklif va shikoyatlari qayd etildi. Mavjud muammolarni hal qilish va aholi turmushini yaxshilash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Deputatning bu tashrifi aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni ta’minlash va mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilashga qaratilgan. Ushbu tashrif natijalari asosida kelgusida mahalla rivoji va aholi farovonligi uchun yangi dasturlar ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda.

Slide 1 of 3