Yangiliklar

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Hidiyatullina Rima Rashidovna tomonidan o‘z saylov okrugida joylashgan Lutfiy mahallasi Lutfiy 1-tor ko‘cha 8-xonadonda yashovchi tadbirkor ayol — Boboqulova Nilufar Milsovna bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Muloqot jarayonida tadbirkor mahalla aholisi ehtiyojidan kelib chiqib, arzon va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganini ma’lum qildi. 

Shuningdek, Boboqulova Nilufar Milsovna kelgusida ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish hamda mahalladagi ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash orqali ularning ijtimoiy faolligini oshirishni maqsad qilgan. 

Ta’kidlanganidek, bunday tashabbuslar hududda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va farovonlik darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Slide 1 of 5