Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon shahar hokimi Elyorbek Karimov hamda mutasaddi tashkilot rahbarlarining aholi bilan navbatdagi ochiq muloqoti o‘tkazildi. 🏛
Andijon shahar hokimi Elyorbek Karimov boshchiligida shahrimizdagi “Sadda” mahallasida istiqomat qiluvchi aholi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🤝
Mazkur uchrashuv davomida fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalar, jumladan infratuzilma, yo‘llar holati, elektr energiyasi, gaz, hamda bandlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlaridagi muammolar tinglandi. ⚡️🛣🔥
Har bir murojaat alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqilib, ushbu hududda yashovchi 10 nafardan ortiq fuqarolar masalalari shu joyning o‘zida shahar hokimi tomonidan ijobiy hal etildi. ✅
Ma’lum muddat talab etadigan masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha esa tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga aniq topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi. 📌