🔰Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri S.Samadov, bosh mutaxassisi N.Jo‘raev hamda xudud deputati U.Sodiqovalar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holatini o‘rgandi.
📌 O‘rganish jarayonida ijtimoiy himoya yagona reestiriga kiritilgan oilalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati, ajratilayotgan imtiyoz va yengilliklarning amaldagi qonunchilikka muvofiqligi tahlil qilindi. Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash, aholining ehtiyojlarini o‘rganish hamda mavjud muammolarni aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌Mas’ullar tomonidan sohaga oid tegishli tavsiyalar berildi hamda kelgusida bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Buxoro tuman Kengashi kotibiyati