Yangiliklar

Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati D.Abulkasimova tomonidan “Nurobodtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i S.Boboyevga Sazag‘on mahallasida yashovchi aholining muammolarini bartaraf etish maqsadida suyultirilgan gaz ballonlari o‘z vaqtida to‘ldirib kelishlarida amaliy yordam berish yuzasidan deputatlik so'rovi yuborilgan edi. 

 “Nurobodtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan Sazag‘on mahallasida yashovchi aholining muammolari bartaraf etildi. Joriy yilninig 13-mart kuni Sazag‘on mahallasiga suyultirilgan gaz ballonlari o‘z vaqtida to‘ldirib keltirildi.

Deputatlik nazorati davom etadi. Sazag‘on mahallasidagi xonadonlarga 40-45 kun oralig‘ida 5 ta ISUZI avtomashinasi orqali o‘z vaqtida grafik asosida aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berilishi yuzasidan tegishli choralar ko'rildi

Slide 1 of 4