Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Laziza Sobirjonova Yaxshi Niyat mahallasida bo‘lib, mahallada yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar holati bilan tanishdi.
O'rganish davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlarni ijtimoiy faollikka jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
Deputat yoshlar bilan suhbatlashib, ularning taklif va muammolarini tingladi, mavjud masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.
Uchrashuv yakunida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish va kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan aniq yo‘nalishlar belgilab olindi.