Xalq deputatlari tuman Kengashining, Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi, kengash deputati Usmonov Baxtiyor Xamdamovich tomonidan, tumandagi Soxibkor
mahallasi hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-223-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Soxibkor mahallasida O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limining zamonaviy binosi qurilish ishlari yakunlanmoqda.