Xalq
deputatlari Qibray tuman Kengashi deputati Sobirov Botir Rixsiboyevich Bunyodkor mahallasi hududidagi hiyobonlar,yo‘laklar va bog‘larning holatini ko‘zdan kechirib, hashar uyushtirdi.
Hududni obod qilish maqsadida yer maydonlari tartibga keltirilib, yo‘l bo‘yidagi qum va tuproq uyumlari maxsus texnika yordamida tekislandi.
Hasharda mahalla faollari hamda yoshlar jarayonda faol ishtirok etib, umumiy hamjihatlik namunasini ko‘rsatdi.
Deputat aholi uchun qulay va toza muhit yaratish yo‘lida mehnat qilayotgan barcha hasharchilarga chuqur
minnatdorlik bildirdi.