Yangiliklar

Jarayon

      Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashi deputati Doniyor Yusupov, tuman prokuraturasi hamda tuman elektr ta’minoti korxonasi mutasaddilari bilan birgalikda “Ma’rifat” mahallasida "Tashabbusli budjet" jarayonlarida
g‘olib bo‘lgan qurilish ishlarini o‘rgandi.

2025-yilning 1-mavsumida mahalladagi eski simyog‘ochlar o‘rniga yangi beton ustunlarni o‘rnatish, ta’mirtalab liniyalarini sib kabellarga almashtirish, yangi transformator va tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish tashabbusi g‘olib deb topilgan edi. O‘rganish jarayonida loyiha bilan tanishib, hududdagi muammolar tahlil etildi va qurilish
jarayonidagi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish tushuntirildi.
  

Slide 1 of 4