Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҚАШҚАДАРЁ ВИЛОЯТИДА КОРРУПЦИЯГА ҚАРШИ КУРАШИШ БЎЙИЧА ҲУДУДИЙ КЕНГАШ ФАОЛИЯТИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Қашқадарё вилоятидаги ҳаракатланиш эркинлиги чекланган шахслар сақланадиган муассасалар ўрганилди
янв.21
Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttiz uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
"Kelajakka tikilayotgan sarmoya"
янв.21
“Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллиги” эсдалик нишони ўз эгаларига топширилди
янв.21
🍋 ARAL MAHALLASIDA ISSIQXONA FAOLIYATI: TADBIRKORLIK VA DAROMAD MANBAI
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 31-sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгаши ва Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенгашининг маиший коррупцияга ҳолатларига барҳам бериш борасида Деҳқонобод туманида амалга оширалаётган ишлар аҳволи юзасидан танқидий йиғилиши ўтказилди.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN HUDUDDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
DO‘STLIK MFYDA SUV TA’MINOTI VA MUQOBIL ENERGIYA INFRASTRUKTURASI — DEPUTAT E’TIBORIDA

Aholi uchun qulay sharoit yaratish — hududlarni obod qilish va turmush sifatini yaxshilashning muhim mezoni. Zarur infratuzilmaning yaratilishi aholining kundalik ehtiyojlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, deputat H. Qudratov Do‘stlik MFYda aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilgan infratuzilma ishlari bilan tanishdi.

Mahallada aholini suv bilan ta’minlash imkoniyatlarini yaxshilash maqsadida artezian suv qudug‘i qurib bitkazildi. Shuningdek, energiya ta’minotini yaxshilashga xizmat qiluvchi 20 kVt quvvatli quyosh panelini o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida yaratilgan infratuzilmadan samarali foydalanish, suv qudug‘i va quyosh panelining barqaror ishlashini ta’minlash hamda uskunalarni soz holatda saqlash masalalarining ahamiyati qayd etildi.

Maqsad — Do‘stlik MFY aholisiga qulay sharoit yaratish, suv ta’minotini yaxshilash va muqobil energiya manbalaridan foydalanish orqali hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirish.

Aholi ehtiyojlariga xizmat qiluvchi infratuzilma obyektlarining holatini o‘rganish va ularning samarali faoliyat yuritishiga e’tibor qaratish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 3