Deputat saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi:
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati o‘zi saylangan hududdagi "Uchqizil" mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Deputati Sh.Norsayev aholisi bilan bevosita muloqot qilib, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish choralari ko‘rildi.
Uchrashuv davomida deputat aholi bilan suhbatlashib, ularning taklif va murojaatlarini tinglashdi. Fuqarolar tomonidan asosan uy-joy, moddiy yordam, kontrakt, kredit olish, ishga joylashish, sog‘likni tiklash, kommunal sohalarda va boshqa masalalardagi murojaatlar aytib o’tildi.
O‘z navbatida fuqarolar murojaatlari hamda o‘zlari yashab kelayotgan mahallani obodonlashtirish borasida takliflari eshitildi. Fuqarolar murojaatlari og‘zaki va yozma ravishda olinib, yozma murojaatlar deputatlik so‘rovlari orqali tegishli tashkilotlarga yuborilishi ta'kidlandi.