Termiz tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi ko‘chat ekish ishlari qizg‘in sur’atlarda davom etmoqda.
Yurtimiz bo‘ylab davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari qizg‘in olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati Z.Achildiyev tashabbusi bilan o‘zi faoliyat yuritib kelayotgan hududda navbatdagi ko‘chat ekish ishlar tashkillashtirildi.
Unda Termiz tuman Kengashi deputati va ishchi xodimlari tomonidan 50-tubga yaqin manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Tumandagi korxona va tashkilotlar va mahallalarda mevali va manzarali daraxt, buta va gul ko‘chatlari ekish ishlari davom etmoqda.