Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yakkabog‘da deputatlar va mahalla tizimi faoliyati chuqur tahlil qilindi
янв.21
Senatorlar va mahalliy Kengashlarning samarali hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR MARKAZIDA
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolarga yechim, takliflarga imkon!
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi yigirma to'rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samaradorligini oshirish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.
янв.21
Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MUBORAK TUMAN KENGASHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
2026 йилги Давлат дастури: Иқтисодий барқарорлик ва модернизация йўли
янв.21
MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
Deputat saylovchilarga axborot berdi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 7-apreldagi III-19-28-14-204-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 24-Botirma saylov okrugi deputati Tashmuhamedova Muhabbat Baxtiyorovna Zarqo‘rg‘on mahallasida saylovchilarga 2026-yil 1-choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

Hisobot davrida Kengash tomonidan 31 ta qaror qabul qilinib, 7 ta hisobot va 1 ta axborot tinglandi. Shuningdek, 3 ta sessiya hamda 7 ta doimiy komissiya yig‘ilishlari o‘tkazildi. Aholi murojaatlari asosida 20 ta deputatlik so‘rovi yo‘llab, ularning ijrosi ustidan nazorat o‘rnatildi. 

Xususan, hududda olib borilgan ijtimoiy, infratuzilmaviy loyihalar va aholi murojaatlarini hal etish bo‘yicha ko‘rsatilgan natijalar ham taqdim etildi.

Uchrashuvda mahalla hududida faoliyat ko'rsatayotgan boshqaruv kompaniyasi faoliyati ham o'rganildi. Aholining fikr va takliflari e’tiborga olinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 4