Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yakkabog‘da deputatlar va mahalla tizimi faoliyati chuqur tahlil qilindi
янв.21
Senatorlar va mahalliy Kengashlarning samarali hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR MARKAZIDA
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolarga yechim, takliflarga imkon!
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi yigirma to'rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samaradorligini oshirish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.
янв.21
Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MUBORAK TUMAN KENGASHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
2026 йилги Давлат дастури: Иқтисодий барқарорлик ва модернизация йўли
янв.21
MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
🎉 15-aprel – Madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan tabrik

Assalomu alaykum!

Hurmatli madaniyat va san’at sohasi vakillari! 

🌟Sizlarni 15-aprel – Madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. 

✨Sizlar yurtimizda milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, boy madaniy merosimizni keng targ‘ib etish hamda yosh avlodni estetik ruhda tarbiyalash yo‘lida fidokorona mehnat qilib kelmoqdasiz. Sizlarning zahmatli va sharafli faoliyatingiz jamiyatimiz ma’naviy yuksalishida beqiyos ahamiyat kasb etadi. 

👏Ayniqsa, hududimizda madaniyat va san’atni rivojlantirish, aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun munosib sharoitlar yaratish borasida olib borayotgan ishlaringiz tahsinga loyiq. 

Sizlarga mustahkam sog‘lik, cheksiz ijodiy ilhom, yuksak muvaffaqiyatlar tilayman. Yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borayotgan ezgu faoliyatingiz bardavom bo‘lsin! 

Hurmat bilan,

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi raisi

Abdullayeva Barno Sayfutdinovna